Marokash JCH tarixidagi eng sermahsul Afrika terma jamoasiga aylandi
Marokash milliy terma jamoasi Jahon chempionatlarida urgan gollari sonini 26 taga yetkazib oldi.
Marokash terma jamoasi futbol bo'yicha 2026-yilgi Jahon chempionati "C" guruhi 3-turida Gaitini 4:2 hisobida mag'lub etdi. Ushbu uchrashuvdan so'ng "atlas sherlari" Jahon chempionatlari tarixida eng ko'p gol urgan Afrika jamoasiga aylandi. Bu haqda OptaJean tahliliy sahifasi X ijtimoiy tarmog'ida xabar bermoqda.
Marokash milliy terma jamoasi Jahon chempionatlarida urgan gollari sonini 26 taga yetkazib oldi. Bundan tashqari, Muhammad Uabi shogirdlari JCH o'yinlarida eng ko'p g'alaba qozongan Afrika jamoasiga aylandi — hozirda Marokash hisobida 7 ta g'alaba mavjud.
Marokash terma jamoasi "C" guruhida 7 ochko jamg'arib, turnir jadvalida ikkinchi o'rin bilan pley-offga yo'l oldi. Gaiti milliy terma jamoasi esa biror ochko qo'lga kirita olmay so'nggi pog'onada qoldi.
Guruh bosqichi o'yinlari 11-iyundan 27-iyungacha davom etadi. Unda har bir guruhdan dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoalar, shuningdek, uchinchi o'rinni band etgan eng yaxshi 8 ta terma jamoa pley-off yo'llanmasiga ega bo'ladi.