Marko Polo haqida film suratga olinmoqda
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK va Amerikaning V&Co LLC (NY USA) agentligi tomonidan Buxoroda “Marko Poloning O‘zbekistondagi sarguzashtlari” nomli hujjatli film suratga olinmoqda.
Filmni suratga olish ishlari qizg‘in davom etmoqda. Navoiy viloyatidagi Sardoba va Raboti Malik tarixiy majmualarida, shuningdek Samarqand viloyatidagi qadimiy maskanlarda suratga olish ishlari yakuniga yetdi.

Filmda italiyalik mashhur sayohatchi Marko Poloning hayoti va uning sarguzashtlari, jumladan O‘rta Osiyodagi safarlari haqida hikoya qilinadi. Bunda Marko Poloning o‘zi yozgan esdaliklari va kitoblaridan foydalanilgan.
Film ssenariy muallifi Yelena Kojevnikova, postanovkachi rejissyor Andrey Vyazigin.
Kinematografiya agentligi matbuot xizmati xabar berishicha, film nafaqat o‘zbek tomoshabini, balki xorijliklar uchun ham suratga olinmoqda. Dastlab O‘zbekistonda, so‘ngra Fransiya, Italiya, AQSHda katta taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, sayyoh Marko Polo Amir Temur hukmronlik davrida uning saltanatiga bir necha bor tashrif buyurgan. Sharqiy dunyo haqida ko‘plab ma’lumotlar to‘plagan. Movarounnahr aholisi, urf-odatlari, taomlari, tabiati haqida o‘z asarlarida qayd etgan. Sohibqiron jang san’ati, Temuriylar tarixi haqida qiziqarli ma’lumotlar to‘plagan.
D. Mamatova, O‘zA