"Markaziy Osiyo oshxonasi" nomli manga ko‘rgazmasi ochildi
Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida "Yapon bahori" doirasida manga rassomi Kaoru Morining "Markaziy Osiyo oshxonasi" nomli manga ko‘rgazmasi ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda qayd etilganidek, 16 yildirki O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Qozog‘istonning "Degdar" gumanitar jamg‘armasi, Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyi, O‘zbekiston-Yaponiya do‘stlik jamiyati hamkorligida O‘zbekiston va Qirg‘izistonda "Yapon bahori" va "Yapon kuzi" xalqaro xayriya san’at festivallari o‘tkazib kelinadi.

Ma’lumki, 2004-yilda Yaponiya va Markaziy Osiyoning beshta mamlakati (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston) mamlakatlari har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun muloqot e’lon qilishgan edi.

Kaoru Mori dunyoga mashhur manga rassomi. U Yaponiyada manga tarixidagi eng yaxshi asarlardan biri sifatida tan olingan "Emma" mangasi bilan xalqaro miqyosda shuhrat qozondi. Rassom ko‘plab nufuzli xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘lgan.

Kaoru Mori, ayniqsa Osiyo mintaqasi madaniyatlariga qiziqadi. 2022-yilda rassom Bishkek, Toshkent, Samarqand va Rishtonda manga bo‘yicha mahorat darslarini o‘tkazdi. Uning eng mashhur asarlaridan biri "Kelinning hikoyasi" Markaziy Osiyoda bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazma joriy yilning 12-apreligacha davom etadi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA