Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida qoldirdi
Markaziy bank boşqaruvi 2026-yil 4-noyabrdagi yiğilişida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoliş töğrisida qaror qabul qildi.
Inflyatsion kutilmalar pasayib borayotgan va inflyatsiya darajasi nisbatan barqarorlaşgan bölsa-da, içki talabning yuqoriligi hamda taşqi iqtisodiy şaroitlar özgarişi bilan boğliq inflyatsion xatarlarning saqlanib qolayotgani qatʼiy pul-kredit şaroitlarini davom ettirişni taqozo etmoqda.
Inflyatsiya dinamikasi
Sentyabr oyida umumiy inflyatsiya yillik 6,4 foizni taşkil etib, avgust oyiga nisbatan biroz tezlaşdi. Bunga meva-sabzavotlar, yonilğilar va ayrim xizmatlar narxlarining ösişi taʼsir körsatdi. Xizmatlar inflyatsiyasi yillik hisobda 7 foizgaça tezlaşdi. Bazaviy inflyatsiya özgarişsiz 5,5 foiz darajasida şakllandi.
Sönggi oylarda inflyatsiya dinamikasida taklif omillarining taʼsiri kuçayib bormoqda. Şu bilan birga, yillik narxlari ösişi 5 foizdan yuqori bölgan tovar va xizmatlar uluşining biroz ortişi inflyatsion bosimlar saqlanib qolayotganini körsatmoqda. Bunday şaroitda pul-kredit siyosati taklif omillari taʼsirida yuzaga kelişi mumkin bölgan ikkilamçi inflyatsion taʼsirlarni çeklaşga qaratilgan bölib qoladi.
Aholi va tadbirkorlik subʼektlarining inflyatsion kutilmalari pasayişda davom etdi. Xususan, sentabr oyida aholining kelgusi 12 oy uçun inflyatsion kutilmalari 8,7 foizni, tadbirkorlik subʼektlarining kutilmalari esa 9,2 foizni taşkil etdi.
Jahon bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining yuqori özgaruvçanligi va energiya resurslari narxlari bilan boğliq xatarlar taşqi inflyatsion bosimni kuçaytirmoqda. Uşbu omillarning import narxlari, işlab çiqariş va transport xarajatlari orqali içki narxlarga taʼsiri inflyatsiyaning pasayiş jarayonini sekinlaştirişi mumkin.
Iqtisodiy faollik
Iqtisodiyotda yuqori faollik davom etib, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida iqtisodiy ösiş ötgan yilning mos davriga nisbatan 8,3 foizni taşkil etdi. Bunda sanoat, quriliş va xizmatlar sohalari ösişning asosiy drayveri böldi.
Kelgusi oylarda ham investitsion faollik va aholi real daromadlarining ösişi içki talabni qöllab-quvvatlab boradi. Uşbu omillarni hisobga olgan holda, yalpi içki mahsulot ösişi prognozi yuqoriga qayta körib çiqilib, joriy yil yakunida 8 foiz atrofida bölişi kutilmoqda.
Şuningdek, investitsiyalarni jadallaşişi va yangi işlab çiqariş quvvatlarining işga tuşirilişi iqtisodiyotning işlab çiqariş salohiyatini kengaytirişga xizmat qiladi. Biroq, yalpi talabning işlab çiqariş salohiyatidan yuqori şakllanayotgani, talab omillari bilan boğliq inflyatsion bosimlar davom etişi mumkin.
Inflyatsiya prognozi
Yuqori içki talab, energiya narxlari bilan boğliq taşqi xatarlar hamda ayrim tartibga solinadigan narxlarning rejalaştirilgan oşirilişi hisobiga umumiy inflyatsiya prognozi qayta körib çiqildi. Yangilangan prognozlarga köra, 2026-yil yakunida inflyatsiya 7 foiz atrofida şakllanişi kutilmoqda.
Bunda tartibga solinadigan narxlar özgarişining bevosita taʼsirlari qisqa muddatli xususiyatga ega bölib, kelgusi yilda tugab boradi. Qatʼiy pul-kredit şaroitlari esa uşbu özgarişlar bilan boğliq ikkilamçi taʼsirlarning narxlar va inflyatsion kutilmalarga ötişini çeklaydi.
Natijada, bazaviy inflyatsiyaning yil oxirigaça sezilarli özgarmasligi, keyingi davrlarda esa pasayişi kutilmoqda. Umumiy inflyatsiya 2027-yil yakunida 5 foizlik targetgaça tuşişi prognoz qilinmoqda.
Pul-kredit şaroitlari
Pul bozori foiz stavkalari asosiy stavkaga yaqin şakllanmoqda. Milliy valyutadagi depozitlar va kreditlar böyiça real foiz stavkalarining ijobiy darajada saqlanayotgani pul-kredit şaroitlarining qatʼiyligini taʼminlamoqda. Bu, öz navbatida, sömda jamğariş jozibadorligini qöllab-quvvatlab, yalpi talabning işlab çiqariş salohiyatiga yaqinlaşişiga xizmat qiladi.
Markaziy bank boşqaruvi yuqoridagi omillarni inobatga olib, asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoliş hamda qatʼiy pul-kredit şaroitlarini davom ettirişni maqsadga muvofiq deb topdi.
Bu joriy şaroitlarda taklif omillari taʼsirining boşqa narxlar va inflyatsion kutilmalarga keng tarqalişining oldini oliş, inflyatsiyaning pasayiş dinamikasining davom etişini taʼminlaşga xizmat qiladi.
ÖzA