Ma’rifat va kamolot maskani
Navoiy viloyati Xatirchi tumanida aholining madaniy hordiq chiqarishi, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari doirasida aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, madaniy-ma’rifiy maskanlar faoliyatini rivojlantirish borasida qator ishlar olib borilyapti.
Xususan, tumandagi kutubxona va “Umummilliy birdamlik bog‘i” aholining, ayniqsa, yoshlarning sevimli maskanlaridan biriga aylanmoqda.
Bu yerda kitob mutolaasi, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va mazmunli hordiq uchun imkoniyatlar yaratilgan. Kutubxona yoshlarning bilim olishi, dunyoqarashini kengaytirishi va kitobga mehrini oshirishga xizmat qilsa, bog‘ aholining dam olishi, o‘zaro muloqoti hamda milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etish uchun qulay maskan bo‘lib xizmat qilmoqda.
[gallery-32174]
Ayniqsa, yoshlarni kitobxonlikka jalb etish, ularning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirish va bo‘sh vaqtini samarali tashkil etishda bunday maskanlarning o‘rni muhim.
Bugun kutubxona va “Umummilliy birdamlik bog‘i” nafaqat tuman aholisining madaniy hordiq chiqarish joyi, balki yoshlarni bilim va ma’rifatga chorlovchi, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi maskan sifatida ham ahamiyat kasb etmoqda.
Siroj ASLONOV (surat+video), O‘zA