Marhamat tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi
Marhamat tumanidagi Bolalar istirohat bog‘ida 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan «Yoshlar gala-konsert» shou dasturi o‘tkazildi. Unda tuman hokimi B.Yo‘ldoshev hamda sektorlar rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlar oyligi doirasida tashkil etilgan turli ko‘rik-tanlov va sport musobaqalarida yuqori natija ko‘rsatgan yoshlarga tuman hokimining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
[gallery-2970]
Shuningdek, boks bo‘yicha poytaxtda o‘tkazilgan «Shohjahon promotion» jamoasidan 60 kg vazn toifasida professional reyting jangida g‘alaba qozonganligi uchun Botir Zokirov, Toshkent shahrining «Saxovat sport servis» sport majmuasida o‘tkazilgan kikboksing bo‘yicha «Uzbekistan Open» xalqaro turnirida 51 kg vazn toifasida 1-o‘rinni egallagan Zohid Homidov hamda xuddi shu turnirda 55 kg vazn toifasida 2-o‘rinni egallaganligi uchun Mahliyo Azimovalar tuman hokimi tomonidan rag‘batlantirildi.
Gala-konsertda mashhur xonandalar, yosh iste’dodlar hamda ijodiy jamoalar o‘zlarining diltortar kuy va qo‘shiqlari, ko‘ngilochar dasturlari bilan tadbirga yanada fayz kiritdi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA