Marhamat tumanida yangi markaz ishga tushdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 8 maydagi “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan hududlarda keng ko‘lamli ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Marhamat tumani Uzumzor mahallasida “Fayz” davolash maskanining ish boshlagani va unda “Faol hayotga qadam” dasturi ijrosi doirasida o‘zgalar parvarishiga muhtoj, jismoniy imkoniyati cheklangan katta yoshdagi fuqarolarga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgani ham buning yorqin misolidir.

Markaz ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda tuman hokimligi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Barcha qulayliklarga ega, zarur vositalar bilan jihozlangan markazda bir vaqtning o‘zida o‘n nafar fuqaroga malakali mutaxassislar xizmat ko‘rsatadi.


F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari.