Marg‘ilonda ''Buvijonlar maktabi'' faoliyat boshladi
Nuroniy onaxonlarni ijtimoiy hayotga jalb etish orqali ularning boy hayotiy tajribasidan keng foydalanish maqsadida Marg‘ilon shahrida “Buvijonlar maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Shahardagi “Rohat” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan “Yakkatut buva” ziyoratgohida mazkur ibrat maktabining kengash faoliyatini tashkil etish yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda Farg‘ona viloyati hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari To‘lqinoy Tojiyeva so‘zga chiqib, oilalar va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, mahalla va ta’lim muaassasalarida yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash, yosh oilalar o‘rtasida ajrimlarning oldini olish hamda xotin-qizlarni milliy odob va urf-odatlar ruhida tarbiyalashda “Buvijonlar maktabi”ning boy hayotiy tajribaga ega bo‘lgan nuroniy onaxonlari beradigan ko‘rsatma va maslahatlari muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.

Tadbir davomida shahar madaniyat uyi san’atkorlari tomonidan ijro etilgan dilrabo kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlar ko‘ngliga xushnudlik ulashdi.

M. Sulaymonov, O‘zA