Mansabdorlarning 2 ming 332 ta harakati (harakatsizligi) qonunga xilof deb topildi
Maʼmuriy sudlarning asosiy vazifasi – davlat organlari va mansabdor şaxslar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini hamda fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilişdir.
Qonun ustuvorligini taʼminlaş jarayonida maʼmuriy sudlar davlat idoralari va ommaviy vakolatga ega bölgan taşkilotlarning qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi qonunga muvofiqligini körib çiqadi.
Davlat organlari (masalan, hokimliklar, soliq, bojxona, kadastr idoralari) va fuqaro yoki tadbirkor örtasida kelib çiqqan nizolarni hal etadi.
Fuqarolar va yuridik şaxslarning maʼmuriy va boşqa ommaviy huquqiy munosabatlar sohasida buzilgan yoki nizolaşilayotgan huquqlarini tiklaydi.
Fuqaroning şikoyati maʼmuriy sudga taalluqli bölmasa, unda arizani rad etmasdan, körib çiqiş uçun vakolatli sudga ötkaziş orqali aholining sudga murojaat qiliş huquqini taʼminlaydi.

– Joriy yilning 9 oyida maʼmuriy sudlar tomonidan 13 ming 440 ta ommaviy nizo körib çiqildi, - deydi Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov. – Natijada 4 ming 497 nafar fuqaro va yuridik şaxsning huquqlari tiklandi. Maʼmuriy organlar va fuqarolarning özini özi boşqariş organlari qarorlari ustidan şikoyat qiliş töğrisida 4 ming 934 ta ariza (şikoyat) körilib, ularning 1 ming 906 tasi haqiqiy emas deb topildi.
Jumladan, mahalliy hokimliklarning 1 ming 153 ta qaroridan 345 tasi, soliq organlarining 2 ming 155 ta qaroridan 843 tasi, Kadastr agentligining 2 ming 739 ta qaroridan 730 tasi haqiqiy emas, deb topildi.
7 ming 594 ta ariza (şikoyat) asosida mansabdor şaxslarning 2 ming 332 ta harakati (harakatsizligi) qonunga xilof, deb topildi.
Aniqlangan qonunbuziliş holatlarini bartaraf etiş maqsadida 1 ming 267 ta xususiy ajrim çiqarilib, maʼmuriy va fuqarolarning özini özi boşqariş organlariga yuborildi.
Viloyat va unga tenglaştirilgan maʼmuriy sudlar tomonidan apellyatsiya tartibida 2 ming 524 ta iş körib çiqildi. Birinçi instansiya sudlari tomonidan çiqarilgan 379 ta qaror bekor qilinib, 15 ta qaror özgartirildi.
Kassatsiya tartibida 982 ta iş körib çiqildi. Birinçi instansiya sudlari tomonidan çiqarilgan 154 ta qaror bekor qilinib, 14 ta qaror özgartirildi.
Taftiş tartibida 1 ming 316 ta iş körib çiqildi. Quyi instansiya sudlari tomonidan çiqarilgan 170 ta qaror bekor qilinib, 4 ta qaror özgartirildi.
Oliy sudning Maʼmuriy işlar böyiça sudlov hayʼati tomonidan taftiş tartibida 213 ta iş körib çiqildi. Natijada quyi sudlar tomonidan çiqarilgan qarorlarning 102 tasi bekor qilindi.
Norgul Abduraimova, ÖzA