Mannonov G‘ayrat Abduvakil o‘g‘lining fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Nochiziqli Xirota tenglamasini cheksiz zonali davriy funksiyalar sinfida integrallash” mavzusida
Mannonov G‘ayrat Abduvakil o‘g‘lining 01.01.02 – Differensial tenglamalar va matematik fizika ixtisosligi bo‘yicha “Nochiziqli Xirota tenglamasini cheksiz zonali davriy funksiyalar sinfida integrallash” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.30/30.12.2019.FM.02.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 19 fevral kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140104, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy. Sharof Rashidov nomli Samarqand davlat universiteti.
Tel.: (+998 66) 231 06 31
e-mail: patent@samdu.uz