“Mangulikdan balqqan qaxramon”
1941-1945-yilardagi Ikkinchi jaxon urushida qozonilgan gʻalabada Oʻzbekistonning oʻrni beqiyosdir.
1941-1945-yilardagi Ikkinchi jaxon urushida qozonilgan gʻalabada Oʻzbekistonning oʻrni beqiyosdir. Koʻp millatli Oʻzbekiston xalqi jang maydonida va front ortida ulkan jasorat va matonat koʻrsatib, fashizm ustidan qozonilgan gʻalabani taʼminlashda munosib xissa qoʻshdilar. Urushda qatnashgan 1,5 milliondan ortiq Oʻzbekistonlikning yarim milliondan ortigʻi xalok boʻldi, 133 mingga yaqini bedarak yoʻqoldi, 60 mingdan ziyodi nogiron boʻlib qaytdi. Ikkinchi jaxon urushi kundan kunga toboro jadallashib borayotgan bir payitda Belarussiyaning 52-armeyasi safida 129-tank ekipaji kamandiri Bobojonov Isaqjon ham janga mardlarcha kirishdi.
Bobojonov Isaqjon oʻzbekning mart va jasur farzandlaridan. 1922-yil 1-yanvarda Andijon viloyati, Marxamat tumani, Xasanmergan qishlogʻida tugʻulgan. Oddiy dexqon oilasida xalqsevar boʻlib ulgʻaygan Isaqjon navqiron yoshida frontga otlandi. U 1941-yil Kulla qishlogʻi, Asaka va Fargʻona shaxrida ikki-uch oy maobaynida xarbiy xizmatga chaqirilib jang sirlarini mukammal oʻrgandi.
Kolxozda ayollar, yosh bolalar quyosh chiqqandan to qosh qoraygunga qadar, yarimta arpa unli non, bir piyola kurmak uchun ishlashib, kechqurun kurmakni tegirmonda un qilib bitta non pishirib Isaqjonning onasi Oyshaxon ona Marxamat bilan Quva tumanini ajratib turuvchi adirlardan, olti yoshli kichik oʻgʻilchasini yetaklab piyoda yurib Fargonaga borib xizmatdagi oʻgʻlini koʻrib, ertalab yana birigadaga ishlash uchun yetib kelar, adir yoʻlarida qorongʻuda yosh gudak bolasi bilan chiya boʻrilar, itlarni kaltak bilan haydab borib kelar ekan onaizor.
1941-yil oxirida urushga saralash boshlandi, baquvvat, jasur va mart oʻgʻlonlar orasida Isaqjon aloxida oʻrin kasb etardi. Saralashdan muvofaqqiyatli oʻtgan askar 1942-yil yanvar oyida frontga yuborildi. Isaqjon oʻzbek dvizyasi tarkibida frontga kirdi. Uzining gʻururi, yurti, qishloq axli va mushtipar onasiga munosib boʻlishni oʻziga ep bilib jangu-jadalda jonini ayamay, koʻksini qalqon qildi. Maskva ostonalaridagi jangda boshiga oʻq tegib yarador xolatda gospitalda ikki oy davomida davolandi.
Ikki oy deganda gospitaldan sogʻayib chiqib, Belarusiyaning 52-armiyasi qoʻmondani Rokkosovskiy polkida xizmatini oʻtay boshladi. Isaqjon oʻzining dushmanga nafrati, ona vatanni ximoya qilish maqsadida jonini berib, dushman bilan kurashdi.
Dushmanlarni Orpovgacha quvib borgan va Panaroy stansiyasidaqoʻlidan oʻq yeb yana gospitalga tushgan. Onasining va xalqimizni toʻxtamay qilgan duolaridan ruxlangan askar yana jang maydonidan kurashni boshlaydi.
Isaqjon oʻzining qaʼttiyatliligi, jasurligi bilan Rokkosovskiy etiboriga tushdi va 52-armiyaning 129-tank diviziyasi kamandiri etib tayinlandi. Shu zayl 52-armiya Rastov, Stalingrad, Ukrainaning bir qismini ozod qilishda qatnashdi. Polsha chegaralarigacha dushmanni quvib bordi, 129-tank brigadasining Isaqjon kamandirlik qilayotgan boʻlimi ham front ichra oʻz oʻrniga ega edi. Kamandir jangchilarga vaziyatga qarab koʻpincha “olgʻa” der edi. Anashu janglarning birida Isaqjon uchinchi marta yaralandi. Bu safar oyoqlari qonga belandi. Yana vatanparvarligi, uyda orziqib kutayotgan mushtipar onani eslab sogʻligini tikladi. 163-oʻqchi dvizyasi tibbiy qismida davolandi va oʻz qismiga qaytib, Berlinni ozod qilishda qatnashdi. Birinchilardan boʻlib Berlinda gʻalaba bayrogʻi tikildi.
Nixoyat gʻalaba xabari tarqadi, el-yurt mardlarni alqadi. May oyida gʻalaba sharafiga boʻladigan ulkan paradga tayyorgarlik boshlandi. Unda ishtrok etish uchun boʻlim kamandiri I.Bobojonov ham chaqirildi. U Qizil maydonda xarbiy parad safida ishtirok etdi va shu yerda qoʻmondon Rokkosovskiyning shaxsan oʻzi tomonidan “Qizil yulduz” oʻrderi bilan taqdirlandi.
Gʻalaba paradidan keyin Polsha chegarasida xizmat qilgan va nihoyat 1945-yilning kech kuzida ona yurti, jonajon qishlogʻi boʻlmish Xasanmergan maxallasiga esan-omon, sogʻ-salomat qaytib keldi.
Isaqjon Bobojonov “Ilich”, “Lenin”, Molotov, nomli kolxozlarda, firqa yetakchisi, pilla agranomi, taptish raisi, Marxamat tuman sud maxkamasida maslaxatchi lavozimlarida xalolu-pok xizmat qilib uch qiz va ikki oʻgʻilni voyaga yetkazdi.
2005-yili ikkinchi jahon urushining 65 yilligi munosabati bilan Moskvada boʻlib oʻtgan xarbiy paradga taklif etilgan. Paradda qatnashib Rossiya przidenti V.Putin tomonidan sovgʻa va gʻalabaning 65-yilligi ordeni bilan mukofotlangan. 2011-yil 18-oktyabrda I.Bobojonov vafot etgan.
Xalol mexnati bilan voyaga yetkazgan kenja qizi Bobojonova Anziratxon Isaqjonovna Andijon davlat tibbiyot instituni Akademik litseyning axborot resurs markazi raxbari lavozimida ishlamoqda. Xalol kaspi bilan kelajak avlodlarga bilim berayotgan Anziratxon shunday deydi, “Men shunday xurmatga sazavor boʻlgan insonni farzandi ekanligimdan hamisha faxrlanaman”! Mana bu yil gʻalabaning 75-yilligi nishonlanadi qaniydi hayot boʻlganda edi. Olloxni irodasi ekan joylari jannatlarda boʻlsin.
Zero oʻzbek xalqi qaxramonlarini xech qachon unutmaydi.
Marxamat tuman davlat
arxivi direktoriD.Ortikov.