«Manchester Yunayted», «Chelsi» va «Tottenhem» Braziliya terma jamoasi hujumchisiga qiziqmoqda
Transfermarkt portaliga ko‘ra, 25 yoshli hujumchining bozor qiymati 65 million yevroni tashkil etadi.
«Brentford» hujumchisi Igor Tyago Yevropaning bir qator top-klublari e’tiboriga tushdi.
Transfer News Live nashri TEAMtalk ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, «Manchester Yunayted», «Chelsi» va «Tottenhem» vositachilar orqali braziliyalik futbolchiga qiziqish bildirgan. Shuningdek, «Bavariya» ham hujumchini kuzatib bormoqda.
Biroq «Brentford» joriy yozda o‘z yetakchisi bo‘yicha hech qanday taklifni ko‘rib chiqishni rejalashtirmayapti. Futbolchining o‘zi ham hozircha klubni tark etishni istamayapti.
Igor Tyago o‘tgan mavsumda 22 ta gol bilan Angliya Premyer-ligasining ikkinchi eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. U faqat 27 ta gol urgan Erling Holanddan ortda qoldi.
Transfermarkt portaliga ko‘ra, Braziliya terma jamoasining 25 yoshli hujumchisi bozor qiymati 65 million yevroni tashkil etadi.