«Manchester Yunayted» Bruno Fernandes bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan.
«Manchester Yunayted» klubi jamoa sardori va yarim himoyachisi Bruno Fernandes bilan amaldagi shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Avvalroq portugaliyalik futbolchiga Turkiyaning «Galatasaray» klubi qiziqish bildirgandi. Biroq mankunianliklar Fernandesni sotmoqchi emasligini qat’iy bildirgan. Futbolchining o‘zi ham jamoada qolishni istagan.
Shuningdek, xorijiy klublar uchun Fernandesning 57 million funtlik tovon puli belgilangan bandi ham o‘z kuchini yo‘qotgan.
Fernandes «Manchester Yunayted» safida 2020-yil yanvaridan buyon to‘p tepmoqda. O‘tgan mavsumda u barcha turnirlarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol va 22 ta golli uzatma qayd etdi.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Fernandesning bozor qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.