«Manchester Siti» Enso Fernandes uchun APL transfer rekordini yangilashga tayyor
Agar transfer shu summa evaziga amalga oshsa, Fernandesning transferi Angliya futboli tarixidagi eng qimmat kelishuvga aylanadi.
«Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandes yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin «Manchester Siti»ga o‘tishi mumkin.
Insayder Gaston Edul ma’lumotiga ko‘ra, «shaharliklar» yaqin kunlarda 25 yoshli argentinalik futbolchi uchun rasmiy taklif yuborishni rejalashtirmoqda. «Manchester Siti» 152 million yevro to‘lashga tayyor.
Agar transfer shu summa evaziga amalga oshsa, Fernandesning transferi Angliya futboli tarixidagi eng qimmat kelishuvga aylanadi.
Hozirgi rekord Aleksander Isakning «Nyukasl»dan «Liverpul»ga 145 million yevro evaziga amalga oshirilgan transferiga tegishli.
Shuningdek, Enso Fernandes «Manchester Siti»ga o‘tishga rozi bo‘lsa, hozirgi maoshiga nisbatan sezilarli darajada ko‘proq daromad olishi qayd etilgan.