Ma’naviyat fidoyilari
FOTOREPORTAJ
Termiz shahrida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishonini topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva tantanali marosimni ochib berar ekan, mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning mazmun-mohiyati haqida atroflicha to‘xtalib, bu borada jonkuyar, fidoyi ziyolilarimizning hissasi beqiyos ekanini ta’kidladi.
[gallery-16600]
– Har qanday jamiyat taraqqiyotining poydevori – bu ma’naviyatdir. Vatanparvarlik, mehr-oqibat kabi ezgu fazilatlar, yuksak umuminsoniy qadriyatlar mana shu poydevor zamirida shakllanadi. Aynan mana shu sohada tashabbuskorlik, fidoyilik bilan yangilikka intilib faoliyat yuritayotgan mas’ullarni e’tirof etish, rag‘batlantirish maqsadida “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan. Bu mukofot nomining o‘ziyoq mohiyatida qanchalik zahmatlar yotganini, mas’uliyat zalvorini anglatib turibdi, – dedi Nargiza Rahmatullayeva.
Tadbirda voha ma’naviy-ma’rifiy soha rivojiga o‘zining fidokorona mehnatlari orqali munosib hissa qo‘shib kelayotgan 2 nafar nomzodga “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni topshirildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA