Mamlakatimizning eng kuchli velopoygachilari saralanmoqda
Toshkent viloyatida erkaklar va ayollar o‘rtasida velosportning shosse yo‘nalishida O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan velopoygachilar ishtirokidagi ushbu musobaqada yakkalik poyga bo‘yicha ilk g‘oliblar aniqlandi.
Erkaklar orasida 20 kilometr masofaga o‘tkazilgan yakkalik poygada Farruh Bobosherov marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tgan bo‘lsa, Konstantin Elli va Davirjon Abdurahmonov ikkinchi hamda uchinchi o‘rindan joy oldi. Ushbu masofaga ayollar o‘rtasida o‘tgan poygada Asal Rizayeva, Madina Kahhorova hamda Mohinabonu Elmurodova shohsupaga ko‘tarildi.

Bugun, 18 oktyabr kuni, velosportchilar aralash guruh estafetasida raqobatlashadi. Mazkur poyga 20 kilometr masofaga o‘tkaziladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA