Maktabning zamonaviy sport majmuasi
Prezidentimiz rahnamoligida bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida joylarda zamonaviy sport inshootlari bunyod etilib, moddiy-texnik bazasi yanada mustahkamlanmoqda.
Prezidentimiz rahnamoligida bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida joylarda zamonaviy sport inshootlari bunyod etilib, moddiy-texnik bazasi yanada mustahkamlanmoqda.Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi 46-umumta’lim maktabining o‘tgan yil dekabr oyida foydalanishga topshirilgan sport majmuasi ham ana shu e’tibor samarasidir. Majmuaning qurilish ishlariga Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 735 million so‘m mablag‘ sarflandi. Ayni paytda bu yerda voleybol, futbol, tennis, shaxmat-shashka, basketbol, taekvondo (WTF), yengil atletika kabi sportning 15 turi bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlari yo‘lga qo‘yilgan.