Maktablarda yangi fan joriy etiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilish choralari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Hujjat loyihasiga qoʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Odobnoma”, “Vatan tuygʻusi”, “Milliy gʻoya va maʼnaviyat asoslari” va “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirgan holda yagona “Tarbiya” fani 1-9-sinflarda 2020-2021 oʻquv yilidan, 10-11-sinflarida 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
ikki oy muddatda “Tarbiya” fani boʻyicha umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartini va oʻquv dasturlarini ishlab chiqsin hamda tasdiqlaydi;
2020-2021 oʻquv yili uchun umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining
1-9-sinflari uchun, 2021-2022 oʻquv yili uchun 10-11-sinflariga moʻljallangan “Tarbiya” fani darsliklari, multimedia ilovalari va oʻquv-metodik majmualarga buyurtmalarni shakllantiradi;
2020-2021 oʻquv yilidan boshlab “Tarbiya” fani joriy etilishi munosabati bilan foydalanish muddati tugamagan darsliklar uchun amalga oshirilgan xarajatlarning qoplanishini inobatga olgan holda, darslik toʻplamlarining ijara toʻlovi miqdorlarini qayta koʻrib chiqadi.