Maktabgacha ta’lim tashkiloti zamonaviy qiyofa kasb etdi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Chortoq tumanida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilish, bolalar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.
Dildosh mahallasidagi 23-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 5,5 milliard so‘m mablag‘ hisobidan to‘liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy qiyofa kasb etdi. Bino energiya samaradorligi talablari asosida ta’mirlanib, ta’lim-tarbiya jarayoni uchun zarur sharoitlar yaratildi.
[gallery-30971]
Muassasada guruh xonalari zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanib, bolalarning ta’lim olishi, o‘ynashi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun qulay imkoniyatlar yaratildi. Obodonlashtirilgan hududda bolajonlarning xavfsizligi va mazmunli dam olishi uchun ham zarur sharoitlar ko‘zda tutilgan.
Chortoq tumanida maktabgacha ta’lim tizimidagi yangilanishlar bu bilan cheklanmayapti. Yaqinda Gulshan mahallasidagi 26-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ham foydalanishga topshirildi.
Dildosh mahallasidagi bog‘chaning zamonaviy ko‘rinishda ish boshlashi mahalladagi ota-onalar uchun ham qulaylik yaratdi. Endi bu yerda tarbiyalanayotgan bolajonlar zamonaviy va shinam muhitda ta’lim-tarbiya oladi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA