Maktab va bog‘chalardagi isitish tizimlari o‘rganildi
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan Navoiy viloyatidagi ijtimoiy soha ob’ektlariga o‘rnatilgan isitish qozonlari o‘rganildi. O‘rganishlar davomida Navbahor va Konimex tumanlaridagi maktab hamda maktabgacha ta’lim binolariga o‘rnatilgan isitish qozonlarining sifati va ularning standart talablarga muvofiqligi tekshirildi.
Mazkur ob’ektlar mas’ul xodimlariga UzTR.880-026:2017 “Gaz holatidagi yoqilg‘ida ishlovchi apparatlarning xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglament talablari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlariga texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya sohasida qabul qilingan yangi qonun, qarorlar hamda texnik reglamentlar talablari haqida ma’lumot berildi.


Isitish qozonlarini o‘rnatgan korxonaga mazkur uskunalarning o‘rnatilishidan keyin ularning muvofiqligini baholash jarayonini yakunlash zarurligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi va ogohlantirish xati rasmiylashtirildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA