Makka kelishuviga Hindiston qanday qaraydi?
Hindiston Saudiya Arabistoni, Pokiston va Turkiya o‘rtasidagi Makka kelishuvining oqibatini diqqat bilan kuzatib, milliy xavfsizlik va mintaqaviy barqarorlikka ta’sirini baholamoqda.
– Mamlakatimiz milliy manfaatini himoya qilishga to‘liq sodiq qoladi va bu borada barcha zarur choralarni ko‘radi, – dedi Hindiston Tashqi ishlar vazirligi vakili Randxir Jaysual.
“The Diplomat” ta’kidlaganidek, Islomobod 2026-yil may oyida Sindur amaliyotidan keyin kelishuvni Hindistonga qo‘shimcha siyosiy va ehtimoliy harbiy tiyib turuvchi vosita sifatida ko‘rishi mumkin. Binobarin, shartnomaning jamoaviy mudofaa imkoniyati noma’lumligicha qolmoqda. Tahlilchilar fikricha, Hindiston bilan yangi mojaro yuzaga kelgan taqdirda Saudiya va Turkiya Pokiston tomonidan urushga kirishi ehtimoldan yiroq.
Nashr yozishicha, Hindiston – Saudiya munosabati mustahkamlanib borayotgan bir paytda Ar-Riyod Nyu-Dehli bilan ziddiyatga borishni xohlamaydi. Demak, Makka kelishuvi to‘laqonli harbiy uyushmadan ko‘ra ko‘proq siyosiy qarashlar ifodasi va kutish strategiyasidir.
S.Rahimov, O‘zA