Maishiy gaz ballonlari o‘z vaqtida yetkazilmoqda
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali tomonidan aholi iste’molchilari bilan bir qatorda ijtimoiy ob’ektlarda ham maishiy gaz ballonlari o‘z vaqtida tarqatilmoqda.

O‘tgan 2021 yilning 12 oyi davomida jami 274 ta ijtimoiy ob’ektning barchasiga 179,8 tonna suyultirilgan gaz rejaga muvofiq yetkazib berildi.

Iste’molchilarning o‘z vaqtida gaz bilan ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratilar ekan, joriy yilning yanvar-fevral oylarida ham belgilangan rejaga muvofiq amaliy ishlar samarali tashkil etildi. Faoliyat olib borayotgan, suyultirilgan gazga moslashtirilgan ijtimoiy tashkilotlarga yanvarda umumiy hisobda 46,28 tonna, fevral oyida esa 33,880 tonna suyultirilgan gaz yetkazildi.

Gaz ta’minoti xodimlari o‘z vazifalarini astoydil bajarishga harakat qilmoqda. Natijada aholi iste’molchilari qatori ijtimoiy ob’ekt xodimlari ham gazdan bugun muammosiz foydalanib kelmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA