Mahkumlar jazodan ozod qilindi
Xuddi shu kabi taqdimnomalar asosida Jinoyat ishlari boʻyicha Xatirchi tuman sudi tomonidan Xatirchi tuman IIO Probatsiya guruhining 5 ta taqdimnomasi koʻrib chiqildi va qanoatlantirildi.
Ayni paytda yurtimizda karantin sababli sudlarda aksariyat jinoyat ishlarini koʻrish toʻxtatilgan boʻlishiga qaramasdan mahkumlarga nisbatan insonparvarlik tamoyillariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasi talablari asosida muddatidan ilgari jazodan shartli ravishda ozod qilish yuzasidan Ichki ishlar organlari Probatsiya guruhlari tomonidan kiritilayotgan taqdimnomalar tezkorlik bilan koʻrib chiqilmoqda.
Xuddi shu kabi taqdimnomalar asosida Jinoyat ishlari boʻyicha Xatirchi tuman sudi tomonidan Xatirchi tuman IIO Probatsiya guruhining 5 ta taqdimnomasi koʻrib chiqildi va qanoatlantirildi.
Mahkum Ilyos Shukurov 20.02.2019-yil Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a,g” bandlari, 209-moddasi 2 qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlari sodir etganligi uchun sud tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a,g” bandlari, 209-moddasi 2 qismining “a” bandi bilan aybli deb topilib, JK 45,57,59-moddalari tartibida 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik ishlarida ishlash huquqidan mahrum qilish hamda 2 yil 6 oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.
Mahkum jazoni oʻtash davomida oʻrnatilgan tartib-qoida talablarini bajarib, mehnatga halol munosabatda boʻlib, jazoni oʻtash davrida oʻzini ijobiy tomondan koʻrsatib, yashash joyidan ijobiy tavsiflanganligi va JKning 73-moddasiga asosan jazo muddatining 1/2 qismidan koʻprogʻini oʻtaganligini inobatga olib, sud mahkumni oʻtalmay qolgan jazo muddati - 1 yil 2 oy 23 kunidan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qildi.
Shuningdek, sud majlisida mahkumlar O.Hamzayev, B.Shukurov, Sh.Ochilov va A.Nabiyevlar ham sud tomonidan tayinlangan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.
S.Boʻtayev , Jinoyat ishlari boʻyicha
Xatirchi tuman sudining raisi