“Made in Uzbekistan” va “Made in Belarus” brendlari ostidagi milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi
O‘zbekiston - Belarus parlamentlararo forumi doirasida Xiva shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi tashkilotlarining “Made in Uzbekistan” va “Made in Belarus” brendlari ostidagi milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston va Belarusning turli vazirlik va idoralari, tarmoq birlashmalari, korxonalari, shuningdek, ikki mamlakat ayol tadbirkorlari tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha va tashabbuslar taqdim qilindi.
Ekspozitsiyada ikki mamlakatning to‘qimachilik, ipakchilik, charm-poyabzal, yog‘ochni qayta ishlash sanoati, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohalaridagi yutuqlari o‘rin olgan.

Ayollar tadbirkorligining muvaffaqiyatli loyihalari, IT-ishlanmalar va innovatsion yechimlar, tibbiyot va kosmetika sanoati mahsulotlari, turizm salohiyati hamda mashinasozlik sanoati mahsulotlari namoyish etildi.
Ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasidan 100 dan ortiq korxonalar ishtirok etdi.
N.Abduraimova,
O‘zA