Lukashenko Belarusdagi prezidentlik saylovida yetakchi
Kecha bo‘lib o‘tgan Belarus Prezidenti saylovida mamlakatning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 86,82 foiz natija bilan yetakchilik qilmoqda. Bu haqda respublika Markaziy saylov komissiyasi raisi Igor Karpenko matbuot anjumanida ma’lum qildi. 2020 yil Lukashenko 80.10 foiz ovoz to‘plagan edi.
Liberal-demokratik partiyai raisi Oleg Gaydukevich 2.02, tadbirkor Anna Kanopatskaya 1.86, Kommunistik partiya Markaziy qo‘mitasi birinchi kotibi Sergey Sirankov 3,21, Mehnat va adolat partiyasi raisi Aleksandr Xijnyak 1.74 foiz ovoz oldi. 3,6 foiz saylovchilar "hammaga qarshi" chiqdi.
An’anaga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab barcha fuqarolar tanlovi bo‘yicha yakuniy ma’lumot 3 fevral kuni e’lon qilinadi.