Lukaku: “Aynan shunday g‘alabalar jamoani yanada birlashtiradi”
Uchrashuvda gol urgan Lukaku bahs juda og‘ir kechganini ta’kidladi.
Romelu Lukaku JCH–2026 1/16 finalida Senegal milliy terma jamoasi ustidan qo‘shimcha bo‘limlarda qo‘lga kiritilgan 3:2 hisobidagi g‘alabaga izoh berdi.
Uchrashuvda gol urgan Lukaku bahs juda og‘ir kechganini ta’kidladi.
"Menga bunday o‘yinlar yetarli! (kuladi). Bahs juda keskin o‘tdi, ammo biz bor kuchimizni ishga soldik. Hisobda ortda qolayotgan bo‘lsak ham, xarakter ko‘rsata oldik. Aynan shunday uchrashuvlarda bu juda muhim.
Senegal turnirdagi eng kuchli jamoalardan biri. Texnik, jismoniy va taktik jihatdan ularga qarshi o‘ynash juda qiyin bo‘ldi. Ammo bosimni kuchaytirganimiz, ikkinchi to‘plar uchun kurashganimizdan so‘ng jamoaviy ruhimiz to‘liq namoyon bo‘ldi va g‘alaba qozondik.
Aynan shunday g‘alabalar jamoani yanada jipslashtiradi", — dedi Lukaku.