Londondagi “maxfiy kuzatuv” mojarosi: Pekin Britaniya sudini “siyosiy spektakl” deb atadi
Xitoy hukumati Buyuk Britaniyada ikki shaxs Gonkong muxolifatini kuzatganlik uchun ayblanishiga keskin munosabat bildirdi. Pekin bu ishni “siyosiy fars” va “sud jarayonini siyosiylashtirish” deb baholamoqda.
London sudi sobiq gonkonglik politsiya rahbari Bill Yuen va Britaniya chegara xizmatida ishlagan Piter Vayni xorijiy razvedka xizmatiga yordam berishda aybdor deb topdi. Tergov ma’lumotiga ko‘ra, ular qirollik hududida Gonkongdan qochib kelgan demokratiya tarafdorlariga qarshi “yashirin kuzatuv” amaliyoti olib borgan.
XXR Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Lin Szyan Londonni “asossiz ayblov” va “sud tizimini siyosiy maqsadga burish”da aybladi. Uning ta’kidlashicha, Britaniya “Xitoyga qarshi kuchlar”ni qo‘llab-quvvatlayotgani ikki davlat munosabatiga putur yetkazishi mumkin.
Mojaro 2024-yil mahalliy politsiya Yorkshirda yashovchi sobiq gonkonglik ayolni o‘g‘irlashga urinish rejasini fosh qilgandan keyin zo‘raygan. Shu tariqa London va Pekin munosabatida taranglik yuzaga keldi. Xitoy elchixonasi sud qarorini “Aksil Xitoy siyosiy harakati” deb atab, Londonni bunday amaliyotni to‘xtatishga chaqirdi.
Musulmon Ziyo, O‘zA