“Lokomotiv” superkubok sohibi
Onlayn: Xabar berganimizdek, bugun “Paxtakor” stadionida Oʻzbekiston superkubogi-2019 oʻyini boʻlib oʻtdi
Xabar berganimizdek, bugun “Paxtakor” stadionida Oʻzbekiston superkubogi-2019 oʻyini boʻlib oʻtdi.
Hozirgina yakuniga yetgan uchrashuvda “Lokomotiv” jamoasi aʼzolari 2-1 hisobida gʻalaba qozondi.

74-daqiqada temiryoʻlchilar jamoasining yangi aʼzosi Yovan Jokich 20-22 metrlardan darvozani aniq nishonga oldi: “Lokomotiv” - AGMK - 2:0.
Koʻpchilik oʻyin taqdiri hal boʻldi, deb turgan bir paytda olmaliqlik futbolchilar hisobni qisqartirishga muvaffaq boʻldi, qanotdan oshirilgan toʻpni Zafar Polvonov boshi darvozaga joylab qoʻydi.
Hisob qisqargach AGMK jamoasi aʼzolari yanada faol harakat qila boshladi va qisqasi Qosimov shogirdlari oʻyinga intrigani qaytardi. Soʻnggi daqiqalarda olmaliqliklar oʻyinni qutqarib qolish uchun hujumga zoʻr berdi, ammo bu paytda poyezd ketib boʻlgandi.
Shu tariqa temiryoʻlchilar oʻz tarixida ikkinchi bor mamlakat superkubogi sohibiga aylandi.