Lokomotiv – O‘zbekiston kubogi sohibi!
Joriy yilgi mamlakat chempioni – Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi O‘zbekiston kubogini ham qo‘lga kiritdi.
Joriy yilgi mamlakat chempioni – Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi O‘zbekiston kubogini ham qo‘lga kiritdi.Samarqandda o‘tgan final uchrashuvida "Lokomotiv" va "Nasaf" (Qarshi) jamoalari o‘zaro bahslashdi.
O‘yining dastlabki daqiqalaridan boshlab hujumga e’tibor qaratgan chempionlar ikkinchi daqiqada hisobni ochdi. Temurxo‘ja Abduholiqov raqib darvozasini aniq nishonga olib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng darvozalarga boshqa gol kiritilmadi va "Lokomotiv" kichik ustunlik bilan O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi.