“Lokomotiv” – O‘zbekiston chempioni
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati oliy liga bahslarining 29-turida “Lokomotiv” jamoasi Samarqandda “Dinamo” klubini 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati oliy liga bahslarining 29-turida “Lokomotiv” jamoasi Samarqandda “Dinamo” klubini 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.O‘yinda “Dinamo” darvozasini Marat Bikmayev uch marotaba aniq nishonga olgan bo‘lsa, Sanjar Shoahmedov va Jaloliddin Masharipov bittadan gol urdi. Shuningdek, “temiryo‘lchilar” darvozasiga kiritilgan yagona golga Adnan Oraxovats mualliflik qildi.
Shu tariqa, “Lokomotiv” oliy liga bahslari yakunlanishiga bir tur qolganda mamlakat chempioni bo‘ldi.
Musobaqaning ikkinchi pog‘onasi uchun kurash olib borgan “Nasaf” va “Paxtakor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv mazkur turning markaziy o‘yiniga aylandi. Qarshida o‘tkazilgan bahsda mezbonlar "Paxtakor" jamoasini 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Mazkur o‘yindan so‘ng “Nasaf” kumush, “Paxtakor” esa bronza medallarini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, “Bunyodkor” o‘z maydonida “Buxoro” ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. “Qizilqum” – “Metallurg”, “Olmaliq” – “Navbahor”, “So‘g‘diyona” – “Qo‘qon-1912” va “Neftchi” – “Mash’al” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar 2:1 hisobida yakunlandi.