«Liverpul» APLdagi mavsum starti bo‘yicha mag‘lubiyatsiz seriyasini uzaytirdi
«Qizillar» navbatdagi turda «Nottingem Forest» bilan bahs olib boradi.
«Liverpul» Angliya chempionatining yangi mavsumidagi ilk uchrashuvda «Nyukasl» bilan bahsda mag‘lubiyatdan qiyinchilik bilan qutuldi. Uchrashuvning so‘nggi daqiqasida Dominik Soboslay penaltidan gol urib, jamoasiga durang natijani ta’minladi.
Bu natija «Liverpul»ning APLdagi mavsum startlarida ketma-ket 14 ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi.
«Qizillar» APLdagi mavsumning ilk uchrashuvida oxirgi marta 2012-yilda mag‘lub bo‘lgan. O‘shanda «Vest Bromvich» «Liverpul»ni 3:0 hisobida taslim etgandi.
Qizig‘i, o‘sha mavsum «Liverpul» uchun muvaffaqiyatsiz yakunlangan va jamoa Angliya chempionatini atigi 7-o‘rinda tugatgan.
«Liverpul» APLning navbatdagi turida «Nottingem Forest» bilan bahs olib boradi.