L’Equipe Ilgiz Tantashevga JCHdagi eng past bahoni qo‘ydi
Tantashev uchrashuv davomida qo‘pol o‘ynab, raqibni tez-tez qo‘zg‘atgan Paragvay futbolchilariga birorta ham sariq kartochka ko‘rsatmadi.
JCH–2026 1/8 finalida Fransiya milliy terma jamoasi Paragvay milliy terma jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvni o‘zbekistonlik hakam Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqardi.
Fransiyaning L’Equipe nashri bosh hakam faoliyatini 10 balldan 1 ballga baholadi. Bu jahon chempionatlari tarixida hakamga berilgan eng past baholardan biri bo‘ldi.
Qayd etilishicha, Tantashev uchrashuv davomida qo‘pol o‘ynab, raqibni tez-tez qo‘zg‘atgan Paragvay futbolchilariga birorta ham sariq kartochka ko‘rsatmadi. Paragvayliklar o‘yin davomida 13 marta qoida buzgan bo‘lsa, aksincha, Fransiya terma jamoasining uch nafar futbolchisi sariq kartochka oldi.
Bu Tantashev uchun debyut jahon chempionatidagi uchinchi uchrashuv bo‘ldi. U avvalroq Shotlandiya milliy terma jamoasi — Marokash milliy terma jamoasi (0:1) hamda Jazoir milliy terma jamoasi — Avstriya milliy terma jamoasi (3:3) uchrashuvlarini ham boshqargan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shotlandiya terma jamoasi Marokashga qarshi bahsda o‘z foydasiga penalti belgilanmaganidan norozilik bildirgan edi.