Lazizbek Mullajonov Olimpiada chempioni
Fransiya mezbonligida o‘tayotgan XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlarining boks musobaqalarida Lazizbek Mullajonov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Vazni 92 kilogrammgacha bo‘lgan erkaklar o‘rtasidagi bahslarda mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Lazizbek so‘nggi hal qiluvchi final jangida ozarbayjonlik Loren Alfonso Dominges bilan bellashdi.
Charm qo‘lqop ustamiz jangda o‘zining aniq va kuchli zarbalari orqali raqibini dog‘da qoldirdi hamda Olimpiada chempioniga aylandi.
Mazkur natijadan so‘ng, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 5 ta oltin hamda 3 bronzaga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA