Lavrov: Urush taqdirini front hal qiladi (+video)
Rossiya tashqi ishlar vaziri Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yo‘llagan ochiq maktubini tanqid qildi va Kiyev bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish ehtimolini rad etdi, deb xabar qildi Euronews
Lavrov mazkur maktubning butun dunyo bo‘ylab tarqatilganidan norozi ekanini alohida ta’kidlab, madaniyatli odamlar bunday yo‘l tutmaydi, dedi.
Uning aytishicha, Kreml bu holatni Ukrainaning muzokaralarga qiziqish bildirmayotganining belgisi deb baholamoqda. O‘tgan hafta Ukraina prezidenti Putinga ochiq maktub e’lon qilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni taklif etgan edi.
Putin esa Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida bu taklifni rad etib, Zelenskiy bilan uchrashishdan ma’no ko‘rmayapman, deb aytdi.
Keyinchalik Zelenskiyning tashabbusini Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya rahbarlari qo‘llab-quvvatladi. Ular yakshanba kuni Ukraina prezidenti bilan birgalikda qo‘shma bayonot qabul qilib,«adolatli va barqaror tinchlik» uchun zarur deb hisoblangan beshta shartni bayon qildi.
Bu shartlar qatorida zudlik bilan to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish hamda muzokaralarni mavjud front chizig‘i asosida olib borish takliflari ham bor.
Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa dushanba kungi brifingda Yevropa tashabbusini rad etib, Yevropa rahbarlari Ukrainaga harbiy yordam berishda davom etayotgani bilan o‘zlarining tinchlik haqidagi chaqiriqlariga o‘zlari putur yetkazayotganini aytdi.
<iframe width="480" height="860" src="https://www.youtube.com/embed/R6pKOr4MZWE" title="Lavrov: Urush taqdirini front hal qiladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA