Lamin Yamal: jahon chempionati oldidan asabiylashayotganim yo‘q
18 yoshli iqtidorli futbolchiga turnir oldidagi ruhiy holati bo‘yicha savol berildi.
Ispaniya milliy terma jamoasi hamda «Barselona» klubi vingeri Lamin Yamal jahon chempionati oldidan o‘zida hech qanday hayajon yoki asabiylashish kuzatilmayotganini aytdi.
18 yoshli iqtidorli futbolchiga turnir oldidagi ruhiy holati bo‘yicha savol berildi.
— Jahon chempionati sababli asabiylashayapmanmi? Yo‘q, — deya javob berdi Lamin Yamal. — Agar men o‘zim tushunmaydigan yoki qila olmaydigan biror ish bilan shug‘ullanganimda, masalan, mutlaqo boshqa sohadan ish izlaganimda, albatta, qattiq hayajonlangan bo‘lardim. Chunki futboldan boshqa yerda hech qachon ishlamaganman va u yerda muvaffaqiyatsizlikka uchrashim aniq edi. Biroq, yakuniy xulosa shuki, futbol o‘ynash — bu mening butun umrim davomida shug‘ullanib kelayotgan sevimli ishimdir.
Eslatib o‘tamiz, 18 yoshli Lamin Yamal Ispaniya milliy terma jamoasining Shimoliy Amerikada o‘tadigan dunyo birinchiligi uchun e’lon qilingan yakuniy qaydnomasidan joy olgan.
Qur’a natijalariga ko‘ra, Ispaniya milliy terma jamoasi musobaqaning «H» guruhida Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalariga qarshi pley-off yo‘llanmasi uchun bahs olib boradi. Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionati joriy yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi.