"LA-2028" o‘yinlarining muddati tasdiqlandi
Kuni kecha Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi a’zolari bilan uchrashuvda yana olti yildan keyin boshlanadigan "LA-2028" o‘yinlarining “hisob — kitobi” rasman boshlanganligi e’lon qilindi.
Xuddi shuningdek, mazkur uchrashuvlar jarayonida 2028 yili AQSHning Los-Anjeles shahrida o‘tadigan XXXIV yozgi Olimpiya o‘yinlari musobaqalari bo‘ladigan sanalar ham ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, Olimpiya o‘yinlari 2028 yilning 14-30 iyul kunlari, Paralimpiya o‘yinlari esa 15-27 avgust kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz bugungacha Los-Anjeles 1932 hamda 1984 yillari yozgi Olimpiya o‘yinlarini qabul qilgan. Bu galgisi AQSH shahri uchun uchinchisi. Paralimpiya o‘yinlari esa ushbu shaharda ilk bor tashkil etilmoqda.
T.Ro‘ziyev, O‘zA