Kuz-qishga tayyorgarlik: elektr tarmoqlari o‘rganildi
Aholi turar joylarini, ayniqsa, ijtimoiy soha ob’ektlari va kommunal tarmoqlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biridir. Zero, ayni kuz mavsumida zarur tadbirlarni amalga oshirish aholiga qulaylik yaratishda muhim omil bo‘ladi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshkent shahar Kengashi raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sevara Fayziyeva, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Obidjon Mo‘minov hamda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Yashnobod tumanidagi “Qo‘yliqobod” mahallasida aholining elektr energiyasi bilan ta’minlanishi, mavjud elektr infratuzilmasini yanada yaxshilash, elektr tarmoqlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash masalalarini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida mahalla hududidagi elektr tarmoqlari va ustunlarning texnik holati ko‘zdan kechirildi. Mavjud yog‘och elektr ustunlarini zamonaviy beton ustunlarga almashtirish masalasi yuzasidan Yashnobod tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbariga tavsiya va topshiriqlar berildi.
Elektr ta’minotining barqarorligini oshirish, tarmoqlardan xavfsiz foydalanishni ta’minlash bo‘yicha lozim bo‘lgan ishlar ko‘rib chiqildi. Bu boradagi amaliy choralar kuz-qish mavsumini batalafot o‘tkazish, elektr ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlarning oldini olishda muhim o‘rin tutadi.
M.Komilova, O‘zA