Kurashchi qizlarimiz Issiqko‘l turnirida muvaffaqiyatga erishdi
Qirg‘izistonning Issiqko‘l shahrida ayollar kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 5 ta medalni qo‘lga kiritdi.
12 mamlakatning kurashchi xotin-qizlari qatnashgan xalqaro turnirda terma jamoamiz a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Murosasiz bellashuvlarda o‘z vazn toifalarida Feruza Yesenbayeva (65) va Sandugash Jenbayeva (55) oltin, Ulmeken Yesenbayeva (59) kumush, Dilshoda Matnazarova (55) hamda Nabira Yesenbayeva (68) bronza medallariga egalik qildi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA