Kumuşkonda Böstonliq va Zomindan qolişmaydigan yirik turistik majmua barpo etildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev Parkent tumanida quriliş materiallari sanoati va turizmni rivojlantiriş masalalari yuzasidan investor hamda tadbirkorlar bilan uçraşuv ötkazmoqda.
Davlatimiz rahbari bir yil avval Kumuşkonda Böstonliq va Zomindagi turistik zonalardan qolişmaydigan yirik majmua barpo etiş vazifasi qöyilganini esladi. “Avvalo, özimiznikilarga imkoniyat beraylik, ular nimalarga qodirligini körsatsin” degan yondaşuv asosida mahalliy loyihaçilar va quruvçilar 47 gektar maydonda “Oltin bel” majmuasini bunyod etdi.
Majmuada törtta mehmonxona, ikkita restoran, 51 ta şale, akvapark, amfiteatr va köngiloçar inşootlar taşkil qilingan. Bir vaqtning özida 6 ming nafarga xizmat körsatiş va 600 ta iş örni yaratiş imkoniyati mavjud.
Xalqaro turizm akademiyasi tomonidan bu yerda taşkil etilgan kurslarda 300 nafar mutaxassis tayyorlandi. Quriliş va jihozlaşda mahsulotlarning 95 foizi mahalliy korxonalardan olingani loyiha tannarxini 20 foizga arzonlaştirdi.
Uşbu tajriba asosida Nanay, Xonobod, Çimyonsoy, Muzbuloq, Urgut, Ellikqalʼa va boşqa hududlarda ham turizm maskanlari barpo etiş böyiça takliflar bildirildi.
ÖzA