Kuchli fuqarolik jamiyati sari
Urganch shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoat fondi tomonidan e’lon qilingan davlat grantlari, davlat ijtimoiy buyurtmalarini ajratish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblariga sertifikatlar topshirildi.
Tadbirda viloyat hokimligi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi a’zolari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan “Ekologiyani asrash, sog‘lom turmush tarzi va ijtimoiy turizmni targ‘ib etish” mavzusidagi davlat granti uchinchi tanlovi bo‘yicha jami 16 ta NNTdan ariza kelib tushdi. Arizalar Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasi ishchi guruhi tomonidan har tomonlama o‘rganilib, eng ma’qul deb topilgan tashkilotlarga grant ajratiladigan bo‘ldi.
Tadbir so‘ngida Xorazm viloyati mintaqaviy tadqiqotlar markazi tomonidan bir yil davomida amalga oshirilgan davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihasi yakunlariga bag‘ishlangan taqdimot ham tashkil etildi.
[gallery-13936]
O‘zA fotomuxbiri
Behzodbek Saidov olgan suratlar