Kubok va pul mukofoti topshirildi
Nukus shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi xodimlar o‘rtasida “Sog‘lom tanda – sifatli tibbiyot” shiori ostida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi” sport musobaqalarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqalar Nukus shahridagi 1-sonli sport maktabida, Qoraqalpoq davlat universiteti, Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti hamda Yoshlar markazida o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Kengashi raisi U.Jalmenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri Ye.Qutibayev va boshqalar ishtirokchilarga omad tiladi.

Ta’kidlanganidek, musobaqaning quyibosqichlarida 2 ming 174 nafardanortiq sog‘liqni saqlashxodimining ishtiroki ta’minlanib, g‘olib bo‘lganjamoalardan 493 nafar xodimsportning mini-futbol, shaxmat, shashka, stol tennisiva voleybol bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.

G‘olib bo‘lganjamoaga O‘zbekiston kasabauyushmalari Federatsiyasi kubogihamda 30 million so‘m pul mukofoti topshirildi.Shuningdek, g‘olib jamoaga hamda turli nominatsiya egalariga O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi
Dovud Abibullayev, O‘zA