Korxona mahsulotlari xaridorgir (video)
FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi «Nukus Windows Profil» mas’uliyati cheklangan jamiyatida zamonaviy mebel hamda eshik ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
Dastlabki faoliyatini 10 nafar kishi bilan boshlagan korxonada bugungi kunda ishchilar soni 70 nafardan oshgan. Bu yerda Germaniya va Italiyadan keltirilgan eng so‘nggi rusumdagi avtomatik uskunalar o‘rnatilgan. Mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo esa asosan Rossiya va Turkiya davlatlaridan olib kelinmoqda.
[gallery-18386]
Mahsulotlarning dizayni, sifati va narxi iste’molchilar ma’qul kelayotgani bois, mahalliy idora, korxona va tashkilotlardan, shuningdek, aholidan ko‘plab buyurtmalar kelib tushmoqda.
Kelgusida mahsulot turini, sifatini yanada oshirish hamda eksportni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/N9axXwjXKYI?si=EW_YbzhSUcMPVqZf" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Maqsad HABIBULLAEV(surat,video),O‘zA