Korrupsiyani oldini olish – uni aniqlashdan ko‘ra muhimroq
Jizzax viloyat prokuraturasida tahliliy-tanqidiy ruhda o‘tgan davra suhbatidagi asosiy mavzu – korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga qaratildi.
Viloyat prokuraturasi tomonidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi, Shaharsozlik hujjatlari ekspertiza Jizzax filiali hamda uning quyi tizimlarida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligi va dolzarb vazifalarga qaratilgan profilaktik muloqot jonli va muzokaralarga boy tarzda o‘tganini ta’kidlab o‘tish lozim.

Ushbu davra suhatida, markaziy apparat va uning quyi tizim xodimlari tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, ularning kelib chiqishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish, tizim sobiq xodimlari tomonidan sodir etilgan jinoyat va huquqbuzarliklar jiddiy tanqid ostiga olindi.

Yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish borasida aniq takliflar bildirilib, mutasaddilar zimmasiga zarur vazifalar yuklatildi.
Davra suhbati yakunida, korrupsiya holatlarini oldini olishga qaratilgan raqamlashtirish jarayonlarini davom ettirish, komplayens nazorat xizmatlarining faoliyatini jonlantirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
A.QAYUMOV, O‘zA