Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi 10-umumta’lim maktabida “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida navbatdagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Unda pedagoglar va yuqori sinf o‘quvchilari faol ishtirok etdi.
Tadbirda Marg‘ilon shahar prokurori o‘rinbosari Rustam Meliboyev, viloyat IIBning korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimi Rustam Abdullayev, Marg‘ilon tumanlararo sudi sudyasi Azamat Temirov, shahar Adliya bo‘limi vakili Farhod O‘ktamov va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari qatnashdi.
[gallery-22832]
Tadbirni “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat Kengashi raisi Shahnoza G‘aniyeva ochib berdi. U o‘z nutqida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Milliy kengashining yig‘ilishida ilgari surilgan tashabbuslar va topshiriqlarning ijrosi doirasida partiya mas’ullari tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Mutasaddilar tomonidan korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uni oldini olishda qonun ustuvorligining ahamiyati, yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish zarurligi borasida fikrlar bildirildi.
Muloqot shaklida o‘tgan tadbirda o‘quvchilar mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha murojaat qilib, tegishli javoblar oldi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA