Korporativ madaniyatda gender tenglik qandayo‘rin tutadi?
Toshkent shahrida ish joylarida gender asosidagi zo‘ravonlik va tazyiqlarning oldiniolish, xavfsiz hamda inklyuziv mehnatmuhitini shakllantirish masalalarigabag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
“BMT-Ayollar” tuzilmasi hamdaO‘zbekistondagi “Acwa” kompaniyasi hamkorligidatashkil etilgan ushbu tadbirda soha vakillari, ekspertlar va mutaxassislar ishtirok etdi.
Seminarda “BMT-Ayollar”ning xalqarokonsultantlari Kamola Aliyeva va Mayya Avalianiishtirokchilar bilan gender tenglik, ishjoylarida xavfsiz muhit yaratish va shilqimlikhamda tazyiq holatlarining oldini olish bo‘yichabilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bundaydasturlarning ahamiyati nafaqat trening jarayonida, balki uning yakunidan keyin amaliyhayotda ko‘rinadi. Ishtirokchilar olganbilimlarini o‘z mehnat jamoalari, loyihalari vakundalik faoliyatida qo‘llab, ijobiyo‘zgarishlarni shakllantirishga hissa qo‘shadi.
“BMT-Ayollar” tuzilmasining Markaziy Osiyobo‘yicha muvofiqlashtirish ofisi rahbari JevenGuven Guresh barqaror o‘zgarishlar aynan bilim vaamaliy harakatlar orqali shakllanishinita’kidladi. Uning qayd etishicha, hamkorlikdoirasida harakat qilishga tayyor 23 nafarsertifikatlangan trener tayyorlangan bo‘lib, ular xavfsiz va inklyuziv ish muhitini shakllantirishbo‘yicha o‘z bilimlarini keng tarqatadi.
Tadbir doirasida ishtirokchilar xalqaroxavfsizlik standartlari, murojaat vashikoyatlarni ko‘rib chiqish mexanizmlari, maxfiylik tamoyillari, tazyiq va bosimdanhimoya qilish, shuningdek, nozik mavzular bilanishlash usullari bo‘yicha ham ma’lumot oldi.
“Acwa” kompaniyasi xodimlar bilan ishlash vakorporativ madaniyat bo‘limi rahbari Olga Pakning ta’kidlashicha, kompaniya “BMT-Ayollar”ning O‘zbekistondagi ilk xususiy hamkorigaaylangan.
– Hamkorlikning 12 oylik dasturi doirasidagender tenglik sohasidagi ta’lim tashabbuslariga50 ming dollar yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.Unga ko‘ra, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘istonRespublikasi, Samarqand, Buxoro va Sirdaryoviloyatlarida faoliyat yurituvchi mutaxassislarxavfsiz, hurmat va tenglik tamoyillarigaasoslangan mehnat muhitini shakllantirishgahissa qo‘shadi, –dedi u.
Eslatib o‘tamiz, mazkur tashabbus “BMT-Ayollar” tuzilmasi va BMTning biznes vajamiyatda gender tenglikni ilgari surishgaqaratilgan Ayollar huquqlari va imkoniyatlarinikengaytirish tamoyillari (WEPs) doirasidaamalga oshirilmoqda.
N.Ziyodullayeva, O‘zA