Korporativ huquqiy munosabatlarni tartibga solishni takomillashtirishning ayrim masalalari tahlili
Xamdambek Kuromboyevich ATAJANOV katta o‘qituvchi Toshkent davlat yuridik universiteti Toshkent, Oʻzbekiston e-mail: h.atajanov@tsul.uz
Annotatsiya
Maqolada Oʻzbekiston Respunlikasining“ Masʼuliyati cheklangan jamiyatlar toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1137-son hamda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-370-son qonunlarni qoʻllash amaliyotidagi boʻshliqlar: jamiyatdan erkin chiqish huquqini qo’llanishi kapitalni saqlash kafolatlari bilan taʼminlanmagani; korporativ nazoratni qo’lga kiritish mexanizmlarining –bosqichma-bosqich majburiy taklif chegaralari, majburiy sotib olish (squeeze-out) va sotib olishni talab qilish (sell-out) institutlarining mavjud emasligi; fidutsiar majburiyatlarning tadbirkorlik qarori qoidasisiz (business judgment rule) ishlayotgani direktorlarning yetarlicha erkin bo’la olmayotganligi tahlil qilingan.
Tayanch soʻzlar: masʼuliyati cheklangan jamiyat, jamiyatdan chiqish huquqi, kapitalni saqlash, majburiy sotib olish, fidutsiar majburiyatlar, tadbirkorlik qarori qoidasi.