Koronavirusga oid har qanday soxta maʼlumot “Facebook”dan oʻchiriladi
“Facebook” kompaniyasi koronavirusga oid har qanday soxta maʼlumot tarmoqdan oʻchirilishi boʻyicha eʼlon berdi.
“Facebook” kompaniyasi koronavirusga oid har qanday soxta maʼlumot tarmoqdan oʻchirilishi boʻyicha eʼlon berdi. Unga koʻra, ishonishga moyil odamlar uchun salbiy taʼsir qiluvchi maʼlumotlar ham tarmoqdan oʻchiriladi.
Shuningdek, “Facebook” koronavirusga oid soxta maʼlumotlar tarqatuvchi “Instagram”dagi xeshteglar oʻchirishini maʼlum qilgan.
“Kompaniya koronavirus boʻyicha ijobiy yangiliklar, shifokorlarning izlanishlari natijalari yoritib borilishiga vaʼda beradi”, deyiladi “RBK”xabarida.