Koronavirusga chalinganda dastlabki alomatlar nimalar boʻlishiga aniqlik kiritildi
Ispaniyalik olimlar koronavirusga chalingan kishilarda kasallikning eng dastlabki alomat-sipmtomlari nimalar boʻlishiga aniqlik kiritdi.
Ispaniyalik olimlar koronavirusga chalingan kishilarda kasallikning eng dastlabki alomat-sipmtomlari nimalar boʻlishiga aniqlik kiritdi.
“JAMA Dermatology” jurnalida yozilishiga qaraganda, bu boradagi tadqiqotda 40-69 yoshlardagi 21 kishi ishtirok etgan. Maʼlum boʻlishicha, nazorat ostidagilarning 29 foizining ogʻiz boʻshligʻida enantema – shilliq qatlamda toshmalar toshishi kuzatilgan. Aytish joizki, bu alomatlar virusga chalinishdan darak beruvchi boshqa barcha alomatlardan anchagina avvalroq namoyon boʻlgan.
Ayni paytda shifokorlar enantemalarning boshqa viruslarning taʼsiri tufayli ham paydo boʻlishi mumkinligini istisno tutmagan.