Koronavirus fond birjalarida aks-sado bermoqda
Blumberg agentligining maʼlum qilishicha, dunyoning eng badavlat kishilari koronavirus tarqalgani sababli bir haftada 444 milliard dollar yoʻqotgan.
Blumberg agentligining maʼlum qilishicha, dunyoning eng badavlat kishilari koronavirus tarqalgani sababli bir haftada 444 milliard dollar yoʻqotgan.
Eng katta yoʻqotish ayniqsa, dunyoning eng badavlat kishilari, Amazon kompaniyasi egasi Djeff Bezos, Microsoft korporatsiyasi hammuassisi Bill Geyts va LVMH kompaniyalari guruhi prezidenti Bernar Arnolarda qayd etildi. Ular hammasini qoʻshib hisoblaganda, taxminan 30 milliard dollarni boy bergan.
Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Maskning ham yaxshigina zarar koʻrgani maʼlum boʻldi. Dunyo boylari orasida 25 oʻrinda turgan tadbirkor kompaniya aksiyalari narxi tushib ketgani uchun bir hafta ichida 9 milliard dollaridan ajralgan.
Oʻtgan hafta Facebook asoschisi Marka Sukerberg uchun ham omadsiz hafta sifatida uzoq vaqt yodida qoladigan boʻldi. U haftani 6,5 milliard dollarlik kamomad bilan yakunladi.