Ko‘rinmas tahdid: chorvachilikni izdan chiqarayotgan kasalliklar (+video)
Chorvachilik — bu nafaqat qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i, balki millionlab insonlar tirikchiligi va oziq-ovqat xavfsizligi asosi. Biroq, bu soha doimo ko‘rinmas, ammo juda xavfli tahdid — hayvonlar orasida tarqaladigan kasalliklar bilan yuzma-yuz keladi.
Ba’zan oddiy belgilar bilan boshlanadigan bu kasalliklar qisqa vaqt ichida butun xo‘jalikni qamrab olishi, katta iqtisodiy zarar keltirishi va hatto inson salomatligiga ham xavf tug‘dirishi mumkin. Ayniqsa, yuqumli kasalliklar tez tarqalishi, nazorat qilishning murakkabligi va oldini olish uchun doimiy chora-tadbirlar talab etilishi bilan jiddiy xavf manbaiga aylanadi.
Shu bois chorvachilikda kasalliklar xavfiga befarq qarash mumkin emas. Har bir fermer, mutaxassis va sohada faoliyat yuritayotgan shaxs bu tahdidning jiddiyligini anglashi, o‘z vaqtida profilaktika choralarini ko‘rishi va zamonaviy veterinariya talablariga amal qilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Xo‘sh, bugun O‘zbekiston chorvachiligiga qanday kasalliklar xavf solmoqda?
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti dotsenti, veterinariya fanlari nomzodi Sobir Ashurov bilan suhbatimiz shu haqda bo‘ldi.
Batafsil quyidagi videohavolada.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/BVYy3LAfOs0" title="Ko‘rinmas tahdid: chorvachilikni izdan chiqarayotgan kasalliklar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA